Maqola

140 26/08/2024

Migrant.uz tahririyatiga kelib tushgan murojaatda muhojirlar sudlangan xorij fuqarolari endi Rossiyaga kiritilmasligi haqidagi qonun qachon kuchga kirishini so‘ragan.

Sudlangan muhojirlarni Rossiyaga kiritmaslik taklifi qonun deputat Sardana Avksenteva tomonidan aytilgan. Unga ko’ra Rossiyadan barcha sudlangan, jumladan sudlanganlik holati olib tashlangan yoki o‘chirilgan muhojirlarni deportatsiya qilish kerak. Parlament a’zosi bu fikrni Volgograd koloniyasida amalga oshirilgan hujumni izohlayotib ma’lum qilgan.

Deputat bu haqida qonun loyihasini Davlat Dumasiga kiritishini e’lon qilgan. Qolaversa, deputat hozirda Rossiya Federatsiyasiga faqat jinoyatlar uchun sudlanganlik holati olib tashlanmagan yoki o‘chirilmagan chet el fuqarolari kira olmasligini ta’kidlagan. Biroq shunda ham jinoiy javobgarlikka tortilgan muhojirlar javobgarlikka tortish muddati tugagandan so‘ng qaytish imkoniyatiga ega bo‘lishidan norozilik bildirgan.

Shuning uchun, deputat Sardana Avksenteva, barcha sudlangan muhojirlarni, shu jumladan, sudlanganlik holati olib tashlangan yoki o‘chirilganlarni ham, Rossiyaga kelishiga taqiq qo’yib, mamlakatdan chiqarib yuborishga chaqirdi. Deputat bu taklifni bu hafta Davlat Dumasiga kiritishini aytgan.

Tushunib turganingizdek, bu shunchaki taklif. Hatto hali Davlat Dumasiga muhokama kiritilmagan subyektiv fikr darajasidagi taklifdir. Shuning uchun, sudlangan muhojirlarning tashvishlanishiga hali juda erta. Agar bunday qonun qabul qilinsa, Migrant.uz tahririyati bu haqda albatta batafsil xabar beradi.

Hozirgi vaqtda chet el fuqarolari sudlangan yoki sudlanmaganligidan qat’i nazar, Rossiyaga kela oladilar. Faqat jinoiy ishlar bo‘yicha sudlanganlar sudlanganlik holati o‘chirilmaguncha qonuniy yurish uchun hujjatni rasmiylashtira olmaydi.

Agar jamoamiz bilan bo‘lishishni istagan voqealaringiz bo‘lsa @migrantxabar akkauntiga yozishingiz mumkin.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya