WhatsApp akkauntini (Meta kompaniyasiga tegishli, faoliyati Rossiyada taqiqlangan) birovga vaqtincha foydalanish uchun bergan bo‘lsangiz va sizning akkauntingizni firibgarlik maqsadida ishlatishsa buning uchun siz 10 yilgacha qamoq jazosiga tortilishingiz mumkin. Bu haqda Rossiya IIVning Xavfsizlik boshqarmasi matbuot xizmati ogohlantirdi.
Xabarda aytilishicha, WhatsApp akkauntlarni call-markazlar «firibgarlik qilish maqsadida» ijaraga olishi kuzatilmoqda. Ijaraga beruvchi qaysi davlat fuqarosi bo‘lishidan qat’i nazar, Rossiya raqamiga ochilgan WhatsApp akkauntini firibgarlarga ijaraga bergani uchun Jinoyat kodeksining 159-moddasi («Firibgarlik») bo’yicha javobgarlikka tortiladi. Matbuot xizmati ushbu so‘zlarni isboti sifatida o’n yoshli N.ning misolini keltirgan. Ma’lum bo‘lishicha, 10 yoshli bolakay o’z akkauntini call-markazga 1,5 ming rubl evaziga ijaraga bergan.
Avvalroq mart oyida MTS kompaniyasi ham firibgarlar WhatsApp foydalanuvchilaridan akkauntlarini ijara olib, jinoyat sodir etayotgani haqida xabar bergan edi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha firibgarlar ish va qo‘shimcha daromad va’da qilib, vazifa maqsadida WhatsApp akkauntlarga egalikni qo‘lga kiritishadi. Natijada ijara maqsadida olgan akkauntlaridan turli odamlarga xabar yuborib, pul so’raydi yoki shaxsiy ma’lumotlardan foydalanib mikroqarz va kreditlar rasmiylashtiradi.
Shuningdek, akkauntda ovozli xabarlar qolgan bo‘lsa ular yordamida akkaunt egasining ovozini sun’iylashtiradi va qo‘ng‘iroq qilib turli odamlardan qarz so‘rashadi.