Maqola

130 15/07/2024

Rossiyada oʻz avtomobilini boshqarayotgan koʻplab muhojirlar to‘lanmagan jarimalar borligi haqida bevosita chegarada xabar topishadi. Chunki Rossiya Ichki ishlar vazirligi xorij davlat raqamiga ega boʻlgan mashinalarning qoidabuzarligi bo‘yicha yoki xorij fuqarolariga jarima yubormaydi.

Biroq, xorijliklar Rossiyadan chiqmay turib, mustaqil ravishda jarimalar bor-yo‘qligi haqida ma’lumot olishlari mumkin.

Jarimalarni “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasi” (ЦБДУИГ) orqali tekshirish mumkin.

“ЦБДУИГ” maʼlumotlar tizimida xorijliklar maʼmuriy javobgarlikka tortilgan holatlarning barchasi joylangan. Jumladan, Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi, Rossiya federal migratsiya xizmati, Ichki ishlar vazirligining jarimalari va sud qarorlari saqlanadi.

Ushbu ma’lumotlar bazasiga xohlagan odam kirolmaydi. U yerdan ma’lumot olish vakolati faqat huquq-tartibot idoralari xodimlarida bor. Shuning uchun muhojirlar o’zi haqidagi barcha ma’lumotlarni yashash joyidagi Migratsiya bo’limiga ariza yuborish orqali olishi mumkin.

Migratsiya bo’limiga kelib, ariza yoziladi. Arizada to’liq ismingiz, tug‘ilgan kuningiz, fuqaroligingiz, pasport ma’lumotlaringiz ko‘rsatilishi kerak. Shuningdek, ariza bilan birga pasportingizni rus tiliga qilingan tarjima nusxasi ham ilova qilinadi. Arizaning o‘zida ma’muriy javobgarlikka tortilganlik va mavjud jarimalar to‘g‘risida ma’lumot so‘ralishi yoziladi.

Odatda arizaga 10 ish kuni javob beriladi. Biroq ayrim hollarda javob 30 kungacha bo‘lgan muddatda berilishi mumkin. Javobni Migratsiya bo‘limiga kelib yoki pochta orqali olishingiz mumkin.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya