Мақола

73 24/04/2024

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Jinoiy prosessual kodeksiga o‘zgartirish kirituvchi Federal qonunni imzoladi. Unga ko‘ra Rossiyada jinoiy javobgarlikka tortilgan xorijlik fuqarolarni vatanlariga ekstradisiya qilishga ruxsat beriladi. Federal qonun 2-may kuni kuchga kiradi.

Qonunga ko‘ra xorij fuqarolarini o‘z vatanlariga ekstradisiya qilish uchun asos tariqasida Federal jazoni ijro etish xizmati vakili yoki jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxsning, uning vakilining, xorijlik fuqaroning vatanidagi huquq-tartibot organining murojaati ko‘rsatib o‘tilgan.

Murojaat uchun Rossiyaning xalqaro kelishuvlariga yoki o‘zarolik prinsipiga asosan mas’ul davlat idoralariga so‘rov yuboriladi. Ayni qaysi turdagi jinoyatlarga tortilgan xorij fuqarolarini ekstradisiya qilinishi aniqlanmoqda.

Hozircha, ozodlikdan mahrum qilish jazosi va shartli jazoga tortilganlar, soliq, bojxona, yetkazilgan zararni qoplamagan jinoyatchilar ekstradisiya qilinmasligi ma’lum.

Xulosa qilish mumkinki, faqat majburiy ish (обязательные работы), tarbiyaviy ish (исправительные работы) soatlari, jarima kabi jinoiy javobgarlik belgilangan xorij fuqarolarigina o‘z vataniga ekstradisiya qilinishi mumkin.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация