105 11/03/2024

FAS “Yandeks taksi” kompaniyasi monopoliyaga qarshi qonunchilikning buzilishi va bozordagi ustunlik holati yuzasidan tekshirilishni rejalashtirmoqda, deb yozadi TASS. 2023-yilda kompaniyaga yo‘lovchilar va haydovchilardan 300 dan ortiq shikoyat kelib tushgan.

Bu haqda FAS rahbari Maksim Shaskolskiy ma’lum qilgan.

“…Yandex Taxi tekshirishga moratoriy qo‘yilgan kompaniyalar qatorida. Shuning uchun ularni tekshira olmaymiz. Shikoyatlar juda ko‘p, shuning uchun endi tekshiruvni rejalashtirayapmiz. Kompaniya haqiqatan ham bozorning 80%ini egallagan. Ularga iste‘molchilar va haydovchilarni blokirovka qilish tartibi, ish haqi hamda to‘lovlarni hisoblash tartibi bilan bog‘liq savollar bor”, — deydi Maksim Shaskolskiy.

Bu nima degani? Hozircha tekshiruvning muhojir haydovchilarga hech qanday ta‘siri yo‘q. Yandex Taxi o‘z ish faoliyatini davom ettirmoqda. Aytilayotgan tekshiruvlar esa hozircha faqat rejalashtirilgan. Yandex narxlarni oshirib yuborayotgani va haydovchilar, yo‘lovchilarni “bloklash” bilan bog‘liq qonunbuzarliklar mavjudligi e‘tiborga tushgani haqida ma‘lumot berilmoqda, xolos.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация