Maqola

211 30/06/2026

Rossiya ning 30 dan ortiq mintaqalarida yoqilg‘i tanqisligi yuzaga keldi. Ba’zi yoqilg‘i quyish shoxobchalari allaqachon cheklovlarni joriy qilgan.
Moskva viloyatida faqat 30 litr benzin yoki 60 litr dizel yoqilg‘isi quyib berilmoqda.

Primorye o‘lkasida benzinni kanistrlarga quyib sotish taqiqlangan va yuk mashinalari uchun 100-200 litr limit belgilangan.

Irkutsk viloyatida yuqori darajadagi tayyorgarlik holati e’lon qilingan, Novosibirsk viloyatida ba’zi yoqilg‘i quyish shoxobchalari vaqtincha faqat davlat shartnomalari bo‘yicha transport vositalariga xizmat ko‘rsatmoqda.

OAV xabarlariga ko‘ra, tanqislikning sabablaridan biri neftni qayta ishlash zavodlariga dronlarning hujumlari bo‘lgan. Eng so‘nggi yirik yong‘in 28-iyun kuni Slavyansk-na-Kubani shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga dron qulashidan keyin sodir bo‘lgan. Ilgari Ufadagi yirik neftni qayta ishlash zavodlarida ham yong‘inlar haqida xabar berilgan va buning ortidan “Lukoyl”ning eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biri yopilgan edi. Yoqilg‘i tanqisligi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida uzun navbatlarga sabab bo‘ldi va transport kompaniyalari allaqachon yuk tashish tariflarini taxminan 10% ga oshirgan. Xitoydan yuk tashish har bir qatnov uchun taxminan 700 dollarga oshdi va ba’zi kichik tashuvchilar vaqtincha uzoq masofali yo‘nalishlardan voz kechmoqda. Rossiya rasmiylari vaziyat nazorat ostida ekanligi va yoqilg‘i taqchilligini jiddiy deb hisoblamayotganini da’vo qilmoqda.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya