922 27/08/2025

Rossiya Federatsiyasining Tula viloyati bo‘yicha Tergov qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda Kosaya Gora qishlog‘idagi yodgorlik majmuasi hududida xorijliklar beysbol o‘ynayotgani aks etgan video paydo bo‘lganidan keyin tergov boshladi.

“Ommaviy axborot vositalari monitoringi chog‘ida Kosaya Gora qishlog‘idagi yodgorlik majmuasi hududida xorijliklar beysbol (yoki kriket) o‘ynayotgani haqida xabar topildi”, — deyiladi qo‘mita xabarida.

Mazkur hodisa yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 354.1-moddasi (“Natsizmni oqlash”) bo‘yicha prosessual tergov boshlandi. Muhojirlar uch yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Hodisa ishtirokchilari beysbol o‘ynashganligi sababli, ular ushbu sport turi keng tarqalgan Hindiston yoki Bangladeshdan bo‘lishi mumkin.

Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin viloyat tergov boshqarmasi rahbariyatiga tergovning borishi haqida hisobot berishni topshirdi.

Qayd etilishicha, shunga o‘xshash holatlar viloyatda ilgari ham sodir bo‘lgan. Masalan, 5-avgust kuni Tula viloyat sudi Ozarbayjon fuqarosini “mangu olov”ga hojatini chiqarib tahqirlagani uchun bir yilga koloniyaga hukm qildi. Sud uning mast holatda bo‘lgani va o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lganini aniqlagan.

 

Ijara firibgarligi: 5 qiz bir kechada ko‘chada qoldi

Navigatsiya