Maqola

374 22/09/2026

Rossiyada Davlat dumasiga saylovlar yakunlandi. 18–20-sentyabr kunlari ötkazilgan uç kunlik ovoz berişda 450 nafar deputat saylanmoqda. Dastlabki hisob-kitoblar esa yangi Dumada ham hokim partiya — «Yedinaya Rossiya»ning ustunligi saqlanişini körsatmoqda.

21-sentyabr holatiga köra, saylov komissiyasi 82 foizdan ortiq protokollarni hisoblab bölgan va «Yedinaya Rossiya» partiyaviy röyxat böyiça eng köp ovoz olgan.

Keyingi örinlarda «KPRF» , «LDPR», «Novie lyudi» va «Spravedlivaya Rossiya» partiyasi qayd etilgan. Hozirgi natijalarga qaraganda, «Yedinaya Rossiya» yana parlamentda asosiy siyosiy kuç bölib qoladi va konstitutsiyaviy köpçilikni saqlab qoliş imkoniyati yuqori.

Ammo migrantlar uçun savol boşqa:

Yangi Duma davrida Rossiyada mehnat qilayotgan millionlab xorijliklarni nima kutmoqda?

Bu savolga javob beriş uçun saylov natijasidan taşqari, hukmron partiyaning saylovoldi dasturi va Rossiyaning allaqaçon qabul qilingan 2026–2030-yillarga möljallangan migratsiya siyosati konsepsiyasiga qaraş kerak.

«Yedinaya Rossiya» migratsiyaga qanday qaraydi?

Partiyaning 2026 yilgi «Xalq dasturi»da migratsiyaga alohida yönaliş ajratilgan. Uning birinçi bandiyoq prinsipni belgilab qöygan:

«Rossiya fuqarolarining manfaatlari, xavfsizligi, mehnat va ijtimoiy huquqlari migratsiya siyosatida ustuvor bölişi kerak.»

Partiya migratsiyani çeklaşni emas, uni qattiq nazorat qiliş va Rossiya iqtisodiyoti ehtiyojlariga moslaştirişni taklif qilmoqda.

Dasturda bir neçta asosiy yönaliş bor.

Birinçisi, nazoratni kuçaytiriş.

Rossiyaga kiriş va mamlakatda böliş jarayonida xorijliklarni identifikatsiya qiliş, biometrik ma’lumotlardan foydalaniş va migratsiya nazoratini raqamlaştiriş rejalaştirilmoqda.

Ikkinçisi, noqonuniy migratsiyaga nisbatan «nol tolerantlik».

Ya’ni migratsiya qonunçiligini buzgan xorijliklarga nisbatan jazoning muqarrarligi ta’minlanişi kerak.

Uçinçisi,  migrantlarni uyuşgan holda jalb qiliş.

Bu juda muhim nuqta.

Partiya Rossiyaga xorijlik işçilarni şunçaki kelib işlaş prinsipi asosida emas, balki Rossiyaning qaysi hududiga, qaysi sohaga va qança işçi kerakligiga qarab taşkillaştirilgan tarzda jalb qilişni taklif qilmoqda.

Törtinçisi, malakali mutaxassislarga imtiyoz.

Rossiyaga kerak bölgan kasb egalari uçun mamlakatga köçib keliş va qoliş şaroitlarini jozibador qiliş taklif etilmoqda.

Beşinçisi, iş beruvçining mas’uliyati.

Migrantni yollagan kompaniya yoki tadbirkor ham javobgar bölişi, mehnat şartnomalari va hisob-kitoblar şaffof bölişi kerak.

Oltinçisi, etnik anklavlarning oldini oliş.

Partiya hududlarda yopiq etnik jamoalar şakllanişining oldini oliş böyiça dasturlar işlab çiqişni taklif qilmoqda.

Şu bilan birga, milliy yoki diniy zamindagi nizolarni oldindan aniqlaş va ularga javob beriş mexanizmlarini kuçaytiriş ham dasturga kiritilgan.

Bu yondaşuvda nimani köriş mumkin?

Dasturga xolis qaraganda, unda ikki xil yondaşuv bir vaqtning özida bor.

Bir tomonda qattiq nazorat, jazo va çeklovlar.

Ikkinçi tomonda esa Rossiya iqtisodiyotiga kerak bölgan xorijlik işçi kuçini saqlab qoliş zarurati.

Bu ziddiyat emas, balki Rossiyaning hozirgi migratsiya siyosatidagi asosiy masalalardan biri.

Rossiyaning 2026–2030-yillarga möljallangan davlat migratsiya siyosati konsepsiyasida ham şu ikki vazifa birga qöyilgan: noqonuniy migratsiyani kamaytiriş va şu bilan birga Rossiya iqtisodiyoti ehtiyojlariga mos xorijiy işçi kuçini jalb qiliş. Hujjatda 2030-yilgaça xorijlik işçilarga bölgan ehtiyoj saqlanişi kutilayotgani ham qayd etilgan.

Partiya rahbari kim?

«Yedinaya Rossiya»ning rasmiy raisi Dmitriy Medvedev. U Rossiyaning sobiq prezidenti va hozir Rossiya Xavfsizlik kengaşi raisining örinbosari.

Biroq partiyaning siyosiy dasturida Vladimir Putin «partiyaning özgarmas lideri» sifatida körsatilgan. Demak, «Yedinaya Rossiya»ning migratsiyaga yondaşuvini faqat partiya raisi şaxsi bilan emas, Kremlning umumiy siyosiy yönalişi bilan birgalikda köriş kerak.

Putinning özi ham 2026-yil mart oyida Içki işlar vazirligi hay’ati yiğilişida noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşni vazirlikning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qayd etgan.

Şuning uçun yangi Dumada migratsiya siyosati böyiça keskin özgariş bölişi uçun alohida partiya taşabbuslaridan köra, prezident, hukumat, «MVD» va parlamentning umumiy pozitsiyasi muhim böladi.

Kutilmalar, ehtimoliy özgarişlar

Rossiyaning yangi migratsiya konsepsiyasida iqtisodiyotga kerakli xorijlik mutaxassislarni jalb qiliş bilan birga, ularning malakasini, ta’limini, iş tajribasini va boşqa ma’lumotlarini tekşiriş nazarda tutilgan.

Birinçi yönaliş: malakali, qonuniy işlaydigan, talab yuqori bölgan kasb egalari uçun imkoniyatlar.

Ikkinçi yönaliş: hujjatlarida muammo bölgan, qonunni buzgan yoki migratsiya tartiblariga rioya qilmagan şaxslarga nisbatan nazorat va çiqarib yuboriş çoralari. Bu Rossiyaning 2026–2030-yillarga möljallangan rasmiy konsepsiyasida ham oçiq körinadi.

Rossiyada yangi Duma hali töliq şakllanib ulgurgani yöq. Ammo saylov natijalarining hozirgi körinişi «Yedinaya Rossiya»ning parlamentdagi ustunligini saqlab qolişini körsatmoqda.

Şuning uçun migratsiya siyosatida yaqin orada keskin yönaliş almaşişiga qaraganda, allaqaçon boşlangan siyosatning davom etişi ehtimoli köproq:

qat’iyroq nazorat, raqamlaştiriş, biometriya, rus tiliga talab, noqonuniy migratsiyaga qarşi çoralar, iş beruvçining mas’uliyati va şu bilan birga Rossiya iqtisodiyotiga zarur bölgan xorijiy işçilarni tartibli jalb qiliş.

Rossiya migratsiyani butunlay töxtatiş emas, uni köproq nazorat qilinadigan, saralangan va raqamlaştirilgan tizimga aylantiriş yölidan bormoqda.

Bu siyosatning amalda migrantlar hayotiga qançalik ijobiy yoki salbiy ta’sir qilişi esa uning keyingi qonunlar va ijro amaliyotida qanday qöllanişiga boğliq böladi.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya