Federal Jazoni ijro etish xizmati direktori Arkadiy Gostev Rossiya penitensiar muassasalarida chet elliklar soni oshganini ma’lum qildi. Bu haqida INTERFAX.RU nashri xabar bermoqda.
«Chet elliklarning ortib bormoqda, ularning soni joriy yilning 1-yanvar holatiga ko’ra, 30 028 kishini tashkil etdi», – deydi u xizmat kollegiyasida.
Gostevning ma’lumotlariga qaraganda, muhojirlarning 69,5 foizi O’rta Osiyolikdir.
«Taqdim etilgan ma’lumotlar muassasalarda operativ vaziyatning murakkablashuvi xavfi oshganligidan dalolat beradi, ba’zi hollarda bu qochish va garovga olish kabi favqulodda hodisalarga aylanib ketdi. Biz tegishli choralar ko’rdik, shu jumladan tashkiliy, kadrlar va protsessual tadbirlar», – dedi FJHX rahbari.
Gostev 2024-yilda xalqaro majburiyatlar doirasida Rossiyaga chet davlatlardan 60 shaxs olib kelinganini ta’kidladi. Shu bilan birga, ekstraditsiya doirasida chet davlatlarga 877 gumonlanuvchi va ayblanuvchi, shuningdek, jazoni o’tashni davom ettirish uchun 224 mahkum topshirilgan.
«Bundan tashqari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga nisbatan Rossiyada bo’lishi nomaqbulligi to’g’risida 7 650 ta qaror va mamlakat hududiga kirish ruxsat etilmasligi to’g’risida 8 700 dan ortiq qaror qabul qilindi», dedi FJHX direktori.