Мақола

97 16/04/2024

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bugun Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida olib borilgan ishlar natijasida Rossiya Federatsiyasida ota-ona nazoratisiz qolgan 17 nafar voyaga yetmaganlar O‘zbekistonga qaytarilgani haqida xabar bermoqda.

Ijtimoiy himoya milliy agentligining Voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish va monitoring qilish boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi diplomatik vakolatxonalariga bolalar hujjatlarini topshirish bo‘yicha amaliy ishlar tashkil etildi. Ularning ota-onalari deportatsiya qilinganligi va Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishi taqiqlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar to‘plangan.

Bolalar “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi”ga joylashtirilib, qarindoshlari qaramog‘iga topshirildi. Ular “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ham doimiy nazoratiga olinadi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация