2025-yil 25-fevraldan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan chiqarib yuborilishi to‘g‘risida xabar berishning yangi tartibi kuchga kiradi. Bunga aloqador 836-sonli buyruq 2024-yil 29-noyabrda imzolangan edi.
Endi chiqarib yuborilishi lozim bo‘lgan migrantlar Ichki ishlar vazirligiga joylashuvi, Rossiyani tark etishiga to‘sqinlik qilayotgan sabablar, shuningdek, rejalashtirilgan jo‘nab ketish sanasi, joyi va yo‘nalishi to‘g‘risida ma’lumot berishi shart. Buni shaxsan Ichki ishlar vazirligining viloyat yoki tuman bo‘limida yoki Davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirish mumkin. Agar shaxsan xabr berish imkoni bo‘lmasa, ma’lumot fotosurat va geolokatsiya bilan Davlat xizmatlari orqali yuborilishi kerak.
Ma’lumotlar har yetti kunda taqdim etilishi kerak. Bu ichki ishlar vazirligiga chiqish jarayonini nazorat qilish va kechikishlarning oldini olishga yordam beradi.
Yangi tartib «Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolarining huquqiy holati to‘g‘risida» Federal qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va chiqish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni yaxshilashga qaratilgan, deb xabar beradi Rossiya Ichki ishlar vazirligining Migratsiya ishlari bo‘yicha Bosh boshqarmasi o‘z Telegram kanalida.