Maqola

481 15/02/2025

Sud ijrochilari o‘tgan yili sud qarorlari asosida Rossiya Federatsiyasidan rekord darajada ko‘p xorijlikni majburiy ravishda chiqarib yubordi – qariyb 90 ming kishi.

Bu haqda Rossiya Federal sud ijrochilari xizmati (FSSP) direktori – Rossiyaning bosh sud ijrochisi Dmitriy Aristov ma’lum qildi, deb xabar beradi ТАСС.

«2024-yilda Rossiya Federatsiyasi hududidan 87 mingdan ortiq xorijiy fuqaro va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs 66 ta xorijiy davlatga chiqarib yuborildi, bu 2023-yilga nisbatan deyarli ikki barobar ko‘p (o‘shanda 44 ming xorijlik 60 davlatga chiqarib yuborilgan edi)», – dedi Dmitriy Aristov.

Chiqarib yuborilgan xorijliklarning asosiy qismi asosan MDH davlatlari: Ozarbayjon, Belarus, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekistonga jo‘natilgan. Shuningdek, sud ijrochilari Kuba, Vyetnam, Sudan, Xitoy, Misr va boshqa davlatlarga ham chiqarib yuborish ishlarini amalga oshirgan.

Ma’lumotlariga ko‘ra, Sverdlovsk, Saratov va Tyumen viloyatlaridan fohishalik bilan shug‘ullangan olti nafar Nigeriya fuqarosi chiqarib yuborilgan.

Bundan oldin, o‘tgan yili sud ijrochilari Moskvadan 18 ming, Sankt-Peterburgdan 8 ming, Moskva viloyatidan 5,2 ming va Krasnodar o‘lkasidan 2,2 ming xorijlikni chiqargani xabar qilingan edi.

Ijara firibgarligi: 5 qiz bir kechada ko‘chada qoldi

Navigatsiya