Maqola

537 10/02/2026

Rossiya iqtisodiyoti kelgusi yillarda jiddiy ishchi kuchi tanqisligiga duch keladi. Prognozlar shuni ko’rsatadiki, 2030-yilga kelib taxminan 11 million yangi ishchini jalb qilish, shuningdek, mehnat bozorini tark etayotgan 12 milliondan ortiq rossiyaliklarning o’rniga odam toppish kerak bo’ladi, deb xabar beradi PRIMPRESS.

Ushbu muammoni hal qilish uchun chet eldan kadrlar qidirish kuchaytirildi. Asosiy e’tibor Janubiy Osiyo mamlakatlari va qo’shni davlatlarga qaratilgan. Manbalarga ko’ra, Hindiston, Shri-Lanka, Bangladesh, Turkmaniston va boshqa bir qator mamlakatlardan ishchi kuchini jalb qilish bo’yicha muzokaralar allaqachon olib borilmoqda.

Bu holat yangilik emas: bugungi kunda minglab xorijiy ishchilar Rossiya iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarida ish bilan ta’minlangan. Janubiy Osiyo, Shimoliy Koreya va Xitoydan kelgan migrantlar qurilish sanoatida, restoran biznesida va xizmat ko’rsatish sohasida ishlaydi.

Migratsiya bo’yicha mutaxassislarning ta’kidlashicha, ishchi kuchi yetishmasligi bir nechta omillar tufayli yuzaga keladi. Bularga mehnatga layoqatli aholining kamayishi, ishchi kuchining qarishi va ba’zi ishchilarning boshqa sohalarga yoki mamlakatlarga ko’chib ketishi kiradi. Bu yetishmovchilik, ayniqsa, qurilish, transport, ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligi va xizmat ko’rsatish sohalarida keskin seziladi.

Shu bilan birga, ishchilarga ehtiyoj ortib borishi bilan migrantlarning o’zlariga qo’yiladigan talablar ortib bormoqda. Hujjatlar, tibbiy ko’riklar va yashash qoidalariga rioya qilish kuchaytirilmoqda. Bir qator mintaqalar ayrim sohalarda ishlaydigan chet elliklarga cheklovlar joriy qilmoqda. Bu mamlakatga ishchilar kerak degan ma’noni anglatadi, ammo hujjatlar va tekshiruvlar yanada qattiqlashmoqda.

Migrantlarning o’zlari uchun bu ikki tomonlama zarbani anglatadi: bir tomondan, ishchi kuchiga talab oshadi, bu esa ba’zi sohalarda ish topishni osonlashtiradi. Boshqa tomondan, hujjatlar, patentlar yoki tibbiy ma’lumotnomalar bilan bog’liq muammolar tufayli ishdan bo’shatish xavfi ortadi. Shuning uchun, Rossiyaga ishlashni rejalashtirayotganlar uchun barcha hujjatlarni oldindan tayyorlash, rasman ishlash va patent hamda boshqa hujjatlarni yangilash sanalarini kuzatib borish muhimdir.

Shu tariqa, 2030-yilga kelib, Rossiyada mehnat migrantlarining roli yanada sezilarli bo’lishi mumkin, ammo ularga qo’yiladigan talablar ham avvalgidan yuqori bo’ladi.

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya