«Rosstat» xalqaro migratsiya bo‘yicha 2024-yilning 9 oyi uchun statistikani e’lon qildi. Hisobotga ko‘ra, «PMJ» maqsadida ko‘chib kelganlarning migratsiya o‘sishi 83,5 ming kishini tashkil etgan. Bu 2023-yilning shu davriga nisbatan ozroq — o‘shanda ko‘rsatkich 88,7 mingni tashkil etgan edi.
Biroq bu darajadagi migratsiya oqimi mamlakatni demografik inqirozdan qutqarish uchun yetarli emas. Ekspertlarning baholashicha, yakunlanayotgan yilda tabiiy kamayish 600 mingdan oshib ketadi, migratsiya o‘sishi esa faqat 100 ming kishiga. Bundan tashqari, bu o‘sishning deyarli barchasi Markaziy Osiyo hissasiga to‘g‘ri keladi. Mintaqaning 5 respublikasi bilan migrasion saldo 81 mingni tashkil etgan, bu umumiy hajmning 97 foizdir. Uzoq muddatli migrantlarning qariyb yarmini tojikistonliklar tashkil qiladi.
Markaziy Osiyodan tashqari MDH davlatlari hamda Ukrainadan Rossiyaga kelganlar chiqib ketganlarga nisbatan atigi 2,5 ming kishiga ko‘proq bo‘lgan. Boltiqbo‘yi davlatlari kabi uzoq xorijdan kelgan migratsiya o‘sishi esa faqat 602 kishini tashkil etdi.
«Bunday vaziyatda Rossiya ruhiy jihatdan yaqin bo‘lgan odamlarni qaytarish uchun qilayotgan harakatlari yetarli emas. Qonunchilikni yanada soddalashtirish va adaptatsiya jarayonida moliyaviy qo‘llab-quvvatlash zarur», deb yozadi manba.