
Rossiyaga kelgan odam migratsiya kartasini oladi. Bu kartada u mamlakatga kelishdan maqsadini ko’rsatadi: masalan, «turizm», «o’qish» yoki «ish». Ilgari, agar muhojir maqsadini o’zgartirmoqchi bo’lsa – masalan, turist sifatida kelgan, lekin ishlash uchun qolishga qaror qilgan bo’lsa, Rossiyadan chiqib ketib, qayta kirishi kerak edi.
Ammo bu qoida 2022-yildan beri o‘zgardi. Endi ba’zi muhojirlar mamlakatda qolgan holda kelish maqsadini o‘zgartirishi mumkin.
Kim kelish maqsadini o’zgartirishi mumkin?
Vizasiz mamlakatlar fuqarolari (masalan, Oʻzbekiston, Tojikiston)
Vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomasi (РВП) yoki yashash uchun ruxsatnomaga (ВНЖ) ega bo’lmaganlar
Kelish maqsadini qanday qilib «ish» ga o’zgartirish mumkin?
Patent olish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling:
Patentni olganingizdan keyin 60 kundan kechiktirmay ish boshlaganingiz haqida xabar bering. Aks holda, u bekor qilinadi.
Ichki ishlar vazirligi Migratsiya bo‘limi,
Saxarovo markazi yoki ФГУП «ПВС».
Bu ishni chegarani kesib o’tgandan keyin 30 kun ichida bajaring.
Maqsad o’zgartirilganda yangi migratsiya kartasi berilmaydi, barcha ma’lumotlar Ichki ishlar vazirligining elektron ma’lumotlar bazasida saqlanadi.
Agar siz YeOII davlatlaridan (Qozog’iston, Qirg’iziston, Armaniston, Belarusiya) bo’lsangiz?
Patent olishingiz shart emas.
Faqat ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzasiz.
Ish beruvchi ish boshlaganingiz haqida Ichki ishlar vazirligiga 3 ish kuni ichida xabar berishga majbur.
Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlar bazasiga kelishning yangi maqsadini avtomatik ravishda kiritadi.
Kelish maqsadini o’zgartirish Rossiya Federatsiyasiga kirgan kundan boshlab 90 kun ichida rasmiylashtirilishi kerak.