Мақола

84 03/05/2024

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kiritilmayotganligi bo‘yicha tarqalgan xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Vakolatxona Moskva shahridagi barcha aeroportlarining mas’ul xodimlari bilan bog‘lanilib, holatga aniqlik kiritilgan.

“Moskva shahridagi Domodedovo, Vnukovo, Sheremetovo aeroportlarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududiga qo‘yilmayotganligi yoki uzoq vaqt davomida ushlab turish holatlari kuzatilmayotganligi aniqlandi.

Bundan tashqari avtomashinalar orqali Rossiya Federatsiyasiga kirib kelinadigan Orenburg, Samara, Saratov viloyatlaridagi “Ozinki”, “Mashtakovo”, “Sagarchin” bojxona chegara postlaridagi holatlar ham o‘rganilganda, ushbu chegara postlari doimiy ish tartibida ishlayotganligi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari biron-bir to‘siqlarsiz Rossiya Federatsiyasi hududiga kirayotganligi ma’lum bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация