Maqola

923 07/01/2025

Davlat Dumasi deputati Oleg Matveychev o‘z blogida migrantlarga nisbatan davlat siyosati va jamoatchilik kayfiyatini yomonlashtirishni bas qilishga chaqirdi.

Muhojirlarga nisbatan siyosat haqida fikr bildirar ekan, deputat hozirda “migrantlarni ta’qib qilish” g‘oyasini ommaga targ‘ib qilayotgan “populistlar”ga berilmaslikka chaqirdi.

Matveychev, shuningdek, agar hukumatning muhojirlarga nisbatan siyosati va jamoatchilik kayfiyati keskinlashsa, “har oyda “krokuslar” paydo bo‘lishidan xavotir bildirdi.

Muhojirlarga nisbatan siyosatni muhokama qilar ekan, deputat Rossiyada muhojirlarga ehtiyoj borligini ta’kidlagan. U, shuningdek, har 100 zo‘rlash va qotillikdan 96 tasi rossiyaliklar tomonidan sodir etilishini aytgan. Deputat Rossiyada migrantlar rus ayollarini zo‘rlamasligi uchun o‘z oilasi bilan yashashi yaxshiroq bo’lishini ham aytib o ‘tgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya