Maqola

252 04/12/2024

Rossiyaga migrantlarni qabul qilish va fuqarolik berish qoidalari yanada qattiqroq bo‘lishi kerak. Bu haqda Prezident huzuridagi Fuqarolik jamiyati va inson huquqlarini rivojlantirish kengashi (SPCH) rahbari Valeriy Fadeyev bayonot berdi. U Rossiya shaharlarida migrantlar kompakt yashovchi o‘z «qishloq»larini paydo qilishiga qarshi chiqdi.

“Mamlakat ochiq bo‘lishi, lekin qoidalar juda qattiq bo‘lishi kerak. Bizga shaharlarimiz ichida qishloqlar yaratmaydigan, biz bilan birga yashay oladigan odamlar kerak”, — deydi Fadeyev.

U, shuningdek, muhojirlarning integratsiyalashuvining yo‘qligi, ijtimoiylashuv muammolari va til to‘siqlaridan xavotir bildirgan. Bundan tashqari, Fadeyev mehnat muhojirlarining oilalarni olib kelish imkoniyatini cheklashni taklif qilgan, chunki bu migrantlar yuqori konsentratsiyali hududlarda ijtimoiy keskinlikni kuchaytirar emish.

Dunyoning turli mamlakatlarida xorijlik muhojirlarning bir joyda kompakt yashashiga to‘sqinlik qilinadimi va bu holga qanday munosabat bildiriladi?

AQSH
Qo‘shma Shtatlarda migrantlarning muayyan bir hududda yashashi (masalan, xitoy, meksika, hind mahallalari) odatiy holdir. Bu jamoalarga o‘z madaniyat va tilini saqlab qolishga hissa qo‘shishi mumkin, bu aksariyat tomonidan ko‘p madaniyatli jamiyatning boyligi sifatida qabul qilinadi.

Kanada
Kanada madaniy xilma-xillikni faol qo‘llab-quvvatlaydi va muhojirlar uchun eng ochiq mamlakatlardan biri hisoblanadi. Xitoyliklar (Chinatown) yoki hind diasporasi hududlari kabi muhojir jamoalariga nisbatan aniq salbiy munosabat yo‘q. Kanada siyosati migrantlarning ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi ishtirokini rag‘batlantirishga qaratilgan.

Germaniyaning katta shaharlarda siz turk yoki suriyaliklar mahallalarini uchratishingiz mumkin. Germaniyada integratsiyani faol qo‘llab-quvvatlansa-da, muhojirlarning bir hududda yashashi tahdid sifatida qabul qilinmaydi.

Shvesiyada migratsiyaning ko‘pligi muhojirlar “anklavlari”ning paydo bo‘lishiga olib keldi, biroq rasmiylar ularni ta’lim va ijtimoiy dasturlar orqali jamiyatga integratsiya qilishga intilmoqda.

Avstraliya multikulturalizm siyosatiga amal qiladi, lekin ayni paytda muhojirlarning kompakt yashaydigan hududlari ham mavjud. Shu bilan birga, “Integratsiya yo‘li” dasturi muhojirlarga til kurslari va ishga joylashish orqali jamiyatga moslashishga yordam beradi.

Ko‘rinib turibdiki, g‘arb davlatlarida muhojirlarning kompakt holda yashashi xavf sifatida ko‘rilmaydi. Aksincha, jamiyatga integratsiyalashuvini qo‘llagan holda ularning milliy madaniyati, tilini saqlab qolishiga e’tibor beriladi. Rossiyalik siyosatchilarining muhojirlarni bo‘lib tashlash, ularning bir hududda yashamasligiga erishish yo‘lidagi harakatlariga qanday baho berish mumkin?

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya