Мақола

103 26/02/2024

Mitinglar Aleksey Navalniyning o‘limidan so‘ng boshlangan, biroq hozircha katta ko‘rinishga ega emas. Ba’zi shaharlarda, masalan, Sankt-Peterburgda mingga yaqin odamlar to‘planib, “Net voyne!” hayqiriqlari bilan miting o‘tkazgan. Mitinglar har kuni emas, ora-orada, asosan dam olish kunlari bo‘lmoqda.

Miting ishtirokchilari politsiya tomonidan ushleb ketilmoqda. Hozirgacha 44 ta shaharda jami 960 kishi hibsga olingan.

Muhojirlar siyosiy voqealarning beixtiyor ishtirokchisiga aylanib qolmaslik uchun Rossiyaning barcha shaharlaridagi markaziy maydonlarda to‘plangan odamlardan uzoq turishlarini tavsiya qilamiz. Tajribada, mitinglar atrofida ishlab yurgan (masalan miting bo’layotgan maydonning tozalovchilari) migrantlar ham ushlanishiga ko’p guvoh bo’lganmiz.

Agar migrantlar mitingda ushlanadigan bo‘lsa ularga ma’muriy protokollar tuziladi ba’zida esa jinoiy ish ham qo‘zg’atiladi. Natijada migrantlarga Rossiyaga kirishi uchun umrbod taqiq yoki jinoiy ish bo‘yicha haqiqiy jazo tayinlanadi. Unutmang, Rossiyada migrantlarning har qanday siyosiy faoliyati qonunan taqiqlangan.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация