Maqola

721 23/02/2025

Rossiyaning yirik metallurgiya konserni «Северсталь» Cherepoves shahridagi yangi sex qurilishi uchun olti ming muhojirni jalb qilishga qaror qildi. Bu qaror shahar aholisi va viloyat hukumati tomonidan norozilik bilan qarshi olindi.

10 million tonna temir rudasi ishlab chiqarish quvvatiga ega va 97 milliard rubl qiymatdagi yangi kompleks Cherepoves metallurgiya zavodi hududida barpo etiladi. Konsern vakillarining ma’lum qilishicha, muhojirlarni jalb etish qarori viloyatda malakali ishchilar yetishmasligi sababli qabul qilingan. Ularning aytishicha, muhojirlar oilalarisiz, qurilish hududida joylashadigan vaxta shaharchasida yashaydi.

Shu bilan birga, viloyat gubernatori Georgiy Filimonov qurilish maydonlari va muhojirlar ko‘p to‘planadigan joylarda nazorat tadbirlari kuchaytirilishini ma’lum qildi.

— Viloyat darajasida migratsiya qonunchiligi yanada qat’iylashtiriladi. Muhojirlarni jalb qilish va ularning faoliyat turlarini cheklash uchun normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartishlar kiritiladi, — deya ta’kidladi Filimonov o‘zining Telegram-kanalida.

Shuningdek, 18-fevral kuni Rosobrnadzor muhojir bolalarini maktablarga qabul qilishda rus tili bilishi bo‘yicha test natijasi uchun minimal baho sifatida «qanoatlanarli» bahosini joriy etishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Vedomstvo rahbari Anton Muzayev bu qaror mahalliy va muhojir bolalar uchun ikki xil standart qo‘llanmasligini ta’minlash maqsadida qabul qilinayotganini ta’kidladi.

Ijara firibgarligi: 5 qiz bir kechada ko‘chada qoldi

Navigatsiya