
Rostov viloyatida chet el fuqarolari uchun mehnat patenti qiymatini oyiga 17 ming rublgacha oshirish rejalashtirilmoqda. Bunday taklif bilan mintaqa rasmiylariga Rossiya Ichki ishlar vazirligining Rostov viloyati boʻyicha Bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Viktor Marunchak murojaat qilgan. Agar ushbu tashabbus ma’qullansa, yangi qoidalar 2027-yilda kuchga kiradi. Rasmiyning soʻzlariga koʻra, bu chora ishga kelayotgan chet el fuqarolari oqimini tartibga solishga yordam beradi.
Rostov viloyatida mehnat patenti qiymati avval ham oshgan edi. 2026-yilda har oylik avans toʻlovi summasi 9 338 rublni tashkil etdi, vaholanki bir yil avval u 6 537 rublga teng edi. Ushbu oʻsish tufayli chet elliklar orasida patent olish kamaydi. Hozirgi vaqtda migrantlar 10 mingta patent rasmiylashtirgan, bu esa avvalgi davrga nisbatan 30% kamroq. Hozirda Don mintaqasida jami 29 ming chet el fuqarosi boʻlib turibdi. Ularning yarmidan koʻpi qishloq xoʻjaligi, qurilish va sanoatda mehnat qiladi.
Shuningdek, 1-martdan boshlab Rostov viloyatida migrantlar uchun ish faoliyatiga nisbatan yirik cheklovlar joriy etildi. Ularga fitnes markazlarida va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishda ishlash taqiqlanadi. Bundan tashqari, cheklovlar oziq ovqat, ichimliklar va tamaki savdosiga, shuningdek kurerlik yetkazib berish va transport sohasiga ham daxl qildi. Ushbu qoidalar 2026-yilning oxirigacha amal qiladi. Bundan rasmiylar Rossiya fuqarolari uchun ishga joylashish ustuvorligini ta’minlashni moʻljallamoqda.