339 05/03/2026

Rostov viloyati politsiyasi chet el fuqarolarini firibgarlik yo’li bilan ro’yxatdan o’tkazish sxemasini fosh qildi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining mintaqaviy boshqarmasi xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko’ra, Rostovda ko‘plab migrantlar ro’yxatdan o’tgan ikkita manzil aniqlangan. Biroq muhojirlarning “registratsiya”si faqat qog‘ozda bo‘lib, ammo aslida ular u yerda yashamagan.

Tergov xabariga ko‘ra, sxema 2025 va 2026 yillar oralig’ida faoliyat yuritgan. Bu vaqt ichida mulk egalari 146 kishini ro’yxatdan o’tkazgan. Hozirda mulk egalariga nisbatan chet elliklarni soxta ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha jinoiy ishlar qo’zg’atilgan.

Qonun bunday qoidabuzarlik uchun 100 000 dan 500 000 rublgacha jarima, majburiy mehnat yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini nazarda tutadi.

Bundan tashqari, olti nafar chet el fuqarosi sud qarori bilan Rossiyadan chiqarib yuboriladi. Yana bir migrant mamlakatda bo’lish qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda.

Tergovchilar ushbu kvartiralarda ro’yxatdan o’tgan barcha odamlarni aniqlash bo’yicha ishlarini davom ettirmoqda. Ularning “registratsiya”si bekor qilinishi va o’zlari javobgarlikka tortilishi mumkin.

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya