280 06/12/2024

Forex xalqaro valyuta bozorida dollar kursi 100 rubldan pastga tushdi. Bu haqda savdo ma’lumotlariga tayanib “Ekspert” nashri xabar bermoqda.

6-dekabr kuni Moskva vaqti bilan 10:16 da Amerika valyutasi 99,98 rubl darajasida savdolangan. 11:55 ga kelib, Forex bozorida dollar kursi yana 100 rubldan oshib, 100,13 rublga ko‘tarildi. Forex bozorida yevro kursi shu vaqtda 105,59 rublga tushdi. Yuan esa Moskva vaqti bilan 12:00 da Mosbirjada 13,6 rubl darajasida savdolanib, 33 kopeykaga arzonlashdi.

6-dekabr uchun Rossiya Markaziy bankining rasmiy kurslari quyidagicha: 1 dollar uchun 103,38 rubl, 1 yevro uchun 109,78 rubl va 1 yuan uchun 14,13 rubl.

Noyabr oxiridan beri rubl kursi birinchi marta mustahkamlanmoqda. Ushbu mustahkamlanish Rossiya Banki tomonidan yil oxiriga qadar ichki bozorda chet el valyutasini sotib olmaslik haqidagi qaroridan keyin kuzatilmoqda. Mazkur chora moliyaviy bozorlardagi o‘zgaruvchanlikni kamaytirish uchun qabul qilingan edi.

Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov, rubl kursining o‘zgarishini «bir martalik omil», shu jumladan, spekulyatsiyalar bilan bog‘liq jarayon deb izohlagan edi. Uning ta’kidlashicha, «bozordagi vahima barham topganidan keyin» rubl kursi o‘zining fundamental qiymatlariga qaytishi kerak.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya