421 18/11/2024

Taniqli bloger va urbanist Ilya Varlamov (Rossiyada xorijiy agent deb topilgan) o‘z blogida Toshkentga ko‘chib o‘tayotganini e’lon qilib, bu shahardagi hayoti borasida rejalari bilan bo‘lishdi.

Varlamov Hazrati Imom ansambli, Toshkent metropoliteni va qadimiy Eski-Shahardan hayratda ekanligini bildirgan. U hayvonot bog‘i, Chorsu bozori va shahar bog‘lariga borishdan mamnun bo‘lishini ta’kidlaydi. Blogger milliy musiqa tinglash, tarixiy arxitekturani o‘rganish va sovet davri mozaikalarini suratga olish orqali o‘zbek madaniyatini qanday o‘rganayotgani haqida gapirib berdi. Qadimiy mahallalar, an’anaviy bozorlarni asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratgan.

Varlamov fikrlarida Navro‘z bayrami, O‘zbekistonning boshqa hududlariga sayohat qilish, palov va an’anaviy choyxo‘rlikdan bahramand bo‘lish istagini bildirdi. U mahalliy aholi hikoyalari va “Boburnoma” kabi tarixiy asarlar orqali mamlakat tarixini o‘rganish istagini ma’lum qilgan. Rejalarini yakunlar ekan, bloger Toshkentda gumbazlar va qadimiy mahallalar yaqinida kvartira sotib olish istagini tilga oldi.

O‘zbekistonga ko‘chish rejasi haqidagi postini Varlamov «Toshkent, meni kutib ol», — deb yakunlagan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya