Asl ismi Salmon Rajabzoda bo‘lgan bloger Jumaboy, millatlararo adovat qo‘zg‘atgani uchun tergov izolyatoriga yuborildi. Ilgari u uy qamog‘ida saqlangan edi, deb yozadi “Kommersant” nashri.
Eslatib o‘tamiz, tojik blogeri Jumaboyga nisbatan rus qizlarini “natashkalar” deb atagani va barcha rus qizlar “bizniki bo‘ladi” degan videosidan keyin jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi. Ushbu video millatchilar, harbiy muxbirlar va huquq-tartibot organlarining e’tiboriga tushgan.
2024-yil yanvar oyidan boshlab Salmon Rajabzodaga Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 282-moddasi bo‘yicha jiddiy jazo tahdid qilmoqda. Ushbu moddaga binoan tojikistonlik blogerni 300 mingdan 600 ming rublgacha jarima yoki uch yildan olti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi kutmoqda. Ayni vaqtda blogerga nisbatan tergov davom etmoqda.
Tergov davomida avval Jumaboy uy sharoitida hibsda saqlangan edi, ammo tergovchi tojikistonlik bloger vataniga qochib ketishi mumkinligidan xavotir olib, sudga ehtiyot chorasini tergov izolyatoriga ko‘chirish iltimosi bilan murojaat qilgan. Moskvaning Chertanovo rayoni sudi tergovchi iltimosini qanoatlantirdi, Rajabalizoda endi sudni tergov izolyatorida kutadi.
Jumaboy heyterlarga javoban hissiyotga berilib, javob qaytargani uchun jinoiy javobgarlikka tortilayotgani sir emas. Bunday holatlarning oldini olish uchun migrantlar o‘z fikrlarini ommaviy chiqishlar va ijtimoiy tarmoqlarda aytayotganda ehtiyot bo‘lishlari kerak. Boshqa millat vakillariga nisbatan har qanday haqorat, kamsitish yoki tajovuzkor bayonotlardan qochish zarur. Rossiya qonunchiligiga rioya qilish bunday murakkab davrlarda qonun bilan bog‘liq muammolarning oldini olishga yordam beradi.