Maqola

192 02/02/2025

Rossiyada farzandlari maktabga kirishda imtihondan o‘ta olmaganidan keyin qo‘shimcha rus tilini o‘qitishni boshlamasa, ularning ota-onalarini ma’muriy javobgarlikka tortish rejalashtirilmoqda.

Ta’lim vazirligi loyihasiga ko‘ra, imtihondan o‘ta olmagan bolalar ota-onalari hisobidan uch oylik til o‘rganish kursidan o‘tishlari kerak, shundan so‘ng ularga boshqa tashkilotda test sinovlarini qayta topshirish imkoniyati beriladi. Qo‘shimcha ta’lim olishdan bosh tortgan taqdirda, ota-onalar farzandiga ta’lim berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun javobgarlikka tortilishi mumkin.

Maktabga kirgandan keyin ham, agar tilni yetarli darajada bilmasligi aniqlansa, ta’lim muassasasi bolani qayta imtihonga yuborishi mumkin. Prezident Putinning farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-apreldan boshlab Rossiyada migrant bolalarning maktablarga kirishdan oldin rus tilini bilishini majburiy tekshirish joriy etiladi.

Noyabr oyida Tatariston parlamenti raisi Farid Muxametshin qonun loyihasini tanqid qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rus tilini bilmaydigan muhojirlarning farzandlarini maktablarga qabul qilishning taqiqlanishi respublikada muammo tug‘dirishi mumkin. Muxametshinning qo‘shimcha qilishicha, Tataristonda “muhojirlar soni juda ko‘p” va respublika ularga muhtoj.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya