Yelabuja tumanidagi yong‘inda olti ishchining halok bo‘lishi ortidan prokuratura tekshiruv boshladi.
Hodisa joyiga Yelabuja shahar prokurori Ayrat Nizamiyev va uning o‘rinbosari Artur Knyazev yetib bordi. Hodisaning sabablari va shart-sharoitlari o‘rganilmoqda.
Tatariston rahbari Rustam Minnixanov respublikadagi agrofermalarda ishchilar vaqtincha yashaydigan barcha binolarni tekshirishni buyudi. Bu haqda Raisning matbuot xizmati rahbari Liliya Galimova ma’lum qildi.
Respublika rahbariga Yelabuja tumani Malorechenskiy qishlog‘ida sodir bo‘lgan yong‘in haqida soat 2:54 da xabar berilgan. Rustam Minnixanov tegishli xizmatlarga agrofermalarda ishchilar vaqtincha yashaydigan binolarni to‘liq tekshirishni topshirdi. Shuningdek, Yelabuja tumani rahbariyatiga jabrlanuvchilarni joylashtirish va zarur tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘maklashish vazifasi yuklatildi, dedi Liliya Galimova.