Maqola

178 01/10/2024

Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan kiritilayotgan taklifga ko‘ra, yashash uchun ruxsatnoma (ВНЖ) yoki vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma (РВП) egalarining ro‘yxatdan o‘tish muddati bir yildan oshmasligi mumkin.

Hozirgi vaqtda faqat patent asosida ishlovchi migrantlarning ro‘yxatdan o‘tish muddati – migratsiya qaydi bir yil bilan cheklangan.

«Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik bo‘lib turgan xorijiy fuqaroni yashash joyida ro‘yxatdan o‘tkazish bildirishnomada ko‘rsatilgan muddatga, lekin bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga amalga oshiriladi», — deyiladi taklif hujjatida. Taklif «Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni migratsion qaydga olish tartibi to‘g‘risida»gi Rossiya hukumati qarorining 32-bandiga o‘zgarish kiritilishini nazarda tutadi.

Hozirda ushbu qarorda: “kelganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddatga, lekin Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqaroning vaqtinchalik bo‘lish muddatidan ko‘p bo‘lmagan muddatga», «Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy maqomi to‘g‘risidagi» qonuniga yoki Rossiyaning xalqaro shartnomalariga muvofiq muddatga ro‘yxatga olinadi” deyilgan.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya