Maqola

251 06/11/2024

Ryazanda 3-noyabr kuni Timakov ko‘chasidagi kvartirada boshidan jiddiy jarohat olgan mahalliy fuqaroning jasadi topildi.

Rossiya Tergov qo‘mitasining hududiy boshqarmasi (SU SKR) darhol Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasiga asoslanib, qotillik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan vaqtda marhum va uning o‘zbekistonlik tanishi birga  spirtli ichimlik ichgan. O‘zbekistonlik erkak ikki o‘rtada kelib chiqqan janjal paytida jabrlanuvchiga bir necha marta zarba bergan. Bu uning o‘limiga sabab bo‘lgani iddao qilinmoqda. Gumonlanuvchi zudlik bilan qo‘lga olindi va tergovchining so‘rovidan so‘ng sud uni qamoqqa olishga qaror qildi.

Tergov jarayonida o‘lim sabablari va nizo holatlarini aniqlash maqsadida turli ekspertizalar, jumladan, sud-tibbiyot ekspertizalari tayinlangan. Tergov, shuningdek, dalillarni to‘plash va ta’minlash, so‘roq qilish va boshqa prosessual harakatlarni faol ravishda olib bormoqda.

Rossiya, migrantlar: Ko‘rinishga qarab yoqmaganni qaytarishyapti

Navigatsiya