
2025-yildan boshlab Rossiyada xorijiy fuqarolardan farzandlarining maktabga borishini ta’minlashni talab qiluvchi yangi qoidalar kuchga kirdi.
Vazirlik politsiya va mintaqaviy ta’lim organlari o’rtasida ma’lumot almashish tartibini ishlab chiqdi. Tizim mamlakatda yashovchi, ammo maktabga bormaydigan voyaga yetmagan chet elliklarni aniqlaydi. Ma’lumotlar almashinuvi yagona elektron platforma orqali amalga oshiriladi.
Agar migrant ota-onalar farzandlarining ta’lim olishini ta’minlamaganliklari aniqlansa, ular ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligi ushbu majburiyatlarni jiddiy ravishda buzgan chet elliklar Rossiyada qolishlarini nomaqbul deb e’lon qilish to’g’risida qaror qabul qilinishi mumkinligini, bu esa amalda deportatsiyani anglatishini ta’kidladi.
Politsiya fuqaroligidan qat’i nazar, farzandlari asosli sababsiz maktabga bormaydigan ota-onalar ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishini eslatdi.