154 16/02/2024

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Samarqandda Rossiya konsulligini ochish bo‘yicha buyruq imzoladi.

Hujjatda Samarqandda Rossiya Bosh konsulxonasini ochish va u yerda o‘z faoliyatini olib boruvchi xodimlar ro‘yxatini shakllantirish belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabr oyi boshida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi doirasida Rossiya Federatsiyasining Samarqand shahrida Bosh konsulxonasini tashkil etish to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolangan edi.

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginovning so‘zlariga ko‘ra, konsulxonani tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar joriy yilda boshlanadi.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация