123 19/02/2024

Ommaviy urushda jami 20ga yaqin migrant ishtirok etgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari jarohatlangan 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosini topishgan va unga Rossiyada bo‘lish qoidasini buzgani uchun ma’muriy bayonnoma tuzishgan.

Shuningdek, 29 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ham ommaviy mushtlashuv tufayli javobgarlikka tortilgan. Unga bezorilik bo‘yicha jinoiy ish ochilgan va tergov izolyatoriga joylashtirilgan.Mushtlashuvning boshqa tafsilotlari aniqlanayapti.

Huquq-tartibot organlariga ishonch bo‘lmagan yerda mushtlashuv va boshqa ommaviy tartibsizliklar kuzatiladi. Biroq shunday bo‘lsa-da, migrantlar har qanday ommaviy mushtlashuv javobgarlikka olib kelishini bilish kerak. Hattoki mushtlashuv oqibatida hech kim zarar ko‘rmasa ham va hech kim politsiyaga murojaat qilmasa ham.

Mushtlashuv uchun ma’muriy javobgarlik va jinoiy javobgarlikka tortilasiz. Ma’muriy javobgarlik jarima va Rossiyadan chiqarib yuborilish bilan tugaydi. Jinoiy javobgarlik esa tergov izolyatori va qamoq jazosi bilan. Qamoqda esa Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyaga targ‘ib qilish tajribasi mavjud.

Shuning uchun muammo yuzaga kelganda mushtlashish o‘rniga politsiyaga, konsullikka yoki O‘zbekistondagi huquq-tartibot idolariga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация