Maqola

624 24/07/2025

Sankt-Peterburgda kuryerlarga qarshi yirik reyd o‘tkazildi, ularning aksariyati migrantlar bo‘lib chiqdi. Operatsiya ikki hafta davom etdi va natijada politsiya migratsiya rejimini buzgan 900 ga yaqin xorij fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda 24-iyul kuni Sankt-Peterburg bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Oziq-ovqat va boshqa tovarlarni yetkazib beruvchi kuryerlarga qarshi o‘tkazilgan reyd davomida 2130 ta turli qoidabuzarliklar aniqlangan bo‘lib, ularning aksariyati yo‘l harakati qoidalarini buzishdir. Ko‘pgina kuryerlarning ulovlari – jami 1234 ta shaxsiy harakatlanish moslamalari (asosan elektr samokatlar va velosipedlar) musodara qilingan.

Hujjatlarida muammoga duch kelgan 900 ga yaqin muhojirdan 228 nafari maxsus vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga yuborilgan. Ular yaqin kunlarda mamlakatdan deportatsiya qilinadi. Bundan tashqari, politsiya migratsiya qonunchiligini buzganlik uchun 42 ta ish ochgan. Nafaqat chet elliklar, balki ularni ishga olganlar ham javobgarlikka tortildi. Shuningdek, 37 ta ma’muriy bayonnoma tuzildi.

Ichki ishlar vazirligi bunday reydlar kelgusida ham davom etishini ma’lum qildi.

Ijara firibgarligi: 5 qiz bir kechada ko‘chada qoldi

Navigatsiya