Maqola

695 21/01/2026

Tadbirkorlar ayrim sohalarni patent bo‘yicha ishlshni taqiqlash oziq-ovqat xizmati va go’zallik sanoati — kafelar, restoranlar, sartaroshxonalar va salonlarga ham tatbiq etilishi mumkinligidan xavotirda.

2026-yil shaharda xorijiy fuqarolarni ommaviy tekshirish bilan boshlandi. Apraksin Dvor va Kalininskaya sabzavot omborida reydlar bo’lib o’tdi. Yuzlab odamlarning hujjatlari tekshirildi va ba’zi migrantlarga ma’muriy jarimalar solindi. Rasmiylar bunday tekshiruvlar davom etishi mumkinligini istisno qilmayapti.

Bularning barchasi migratsiya qoidalarini umumiy kuchaytirish siyosati bilan bog’liq. Rossiyaning ko’plab mintaqalarida migrantlarga patent bilan ishlash taqiqlangan kasblar ro’yxati uzayib bormoqda. Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bunday choralarni kechroq joriy etsa-da, ammo taksi va yetkazib berish xizmati xodimlariga taqiqlar ilgariroq e’lon qilingan. Bu bahs-munozaralarga sabab bo’ldi va ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, narxlarning oshishiga olib keldi. “Delovoy Peterburg”ning ma’lumotiga ko’ra, Sankt-Peterburg rasmiylari hozirda 2026-yilda taqiqlangan kasblar ro’yxatini kengaytirishni rejalashtirmayapti. Biroq, tajriba tugagandan so’ng, oshpazlar va sartaroshlar taksi haydovchilari va kuryerlarga qo’shilishi mumkin. Bu borada hali rasmiy izohlar yo’q.

Mutaxassislarning fikricha, potentsial cheklovlar Mehnat vazirligining tashabbuslari bilan bog’liq bo’lib, ular ovqatlanish xizmati sohasida xorijliklarning ulushini 50% gacha cheklashni taklif qilmoqda. Bu sanitariya qoidalarini buzish va soxta tibbiy ma’lumotnomalar holatlari bilan bog’liq. Biroq, mutaxassislar migrantlar sonining kamayishi ishchi kuchi tanqisligini kuchaytirishi mumkinligini tan olishadi, ammo ularning fikricha, bozorda keskin inqiroz kuzatilmaydi.

Tadbirkorlarning ta’kidlashicha, migrantlar ko’pincha yordamchi lavozimlarda – farrosh va oshpaz yordamchisi sifatida ishlaydi va ba’zi muassasalarda ularning ulushi 70% ga etadi. Ba’zi biznesmenlar taqiqlar muassasalarning yopilishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblashadi, chunki bozorda Rossiya fuqaroligiga ega bo’lgan va xuddi shunday ishlashga tayyor ishchilar yetishmaydi.

Go’zallik sanoatidagi vaziyat yanada murakkab. Soha vakillarining ta’kidlashicha, iqtisodiyot segmenti migrantlarsiz ishlay olmaydi. Biroq, ba’zi kompaniyalar rossiyaliklar orasida ushbu kasblarga qiziqishning ortib borishi sababli 2025-yilda migrant ishchi kuchi kamayganini ta’kidlamoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, taqiqlardan keyin taksi va yetkazib berish bozori qulamagan, ammo kompaniyalar xodimlarning imtiyozlarini oshirishga majbur bo’lishgan, bu esa mijozlar uchun narxlarga ta’sir qilgan. Ularning fikricha, muammo nazoratning o’zida emas, balki bozorning yangi qoidalarga sekin moslashishida.

Rasmiylar cheklovlarni tajriba deb ataydi va natijalarga qarab qarorlar qabul qilinishini ta’kidlamoqda. Shunga o’xshash taqiqlar allaqachon Rossiyaning ko’plab mintaqalarida, ko’pincha yanada qattiqroq shaklda amal qilib, xavfsizlik va nazorat masalalari bu choralarning asosiy sababi sifatida ko’rsatiladi.

 

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya