Maqola

718 30/05/2025

Sankt-Peterburg sudi Vasilevskiy oroli hududida kafeda ruxsatsiz spirtli ichimliklar sotgan o‘zbekistonlik migrantning ishini ko‘rib chiqdi.

Migrantning kafe ochib ishlatmoqchi bo‘lgan. Biroq Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lmagani uchun yakka tartibdagi tadbirkor (IP) sifatida ro‘yxatdan o‘ta olmagan. Keyin u boshqa shaxsni topib, kafeni uning nomiga rasmiylashtirgan.

Vasilevskiy orolidagi “Uchquduq” nomli kafeni migrantning o‘zi boshqargan. U 1,8 million rubldan ortiq spirtli ichimliklar sotib olib, kafeda sota boshlagan. Xodimlar muassasada spirtli ichimliklar sotish uchun maxsus lisenziya yo‘qligini bilishmagan.

Shu bois, erkakka nisbatan spirtli ichimliklarni ko‘p miqdorda noqonuniy sotgani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Sud muhojirning rasman Sankt-Peterburgda yashayotgani, ro‘yxatdan o‘tgani, doimiy ish joyi borligi va ijobiy tavsifnomaga ega ekanligini aniqlagan. U ilgari sudlanmagan. Erkak ham o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lganini bildirgan.

Uning 2014 va 2015 yillarda tug‘ilgan ikki nafar kichik farzandi bor. Bolalar Rossiya fuqarolari.

Sud uni ikki yil shartli muddatga hukm qildi, ya’ni u qamoqqa tushmaydi, balki 1,5 yil davomida nazorat ostida bo‘ladi. O‘zbekistonlik migrant sud zalidan ozod qilindi.

Sud kafeda saqlangan barcha spirtli ichimliklarni yo‘q qilishga qaror qildi.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya