Sankt-Peterburgda ro’yxatga olingan migrantlar soni 2024-yilda sezilarli darajada, avvalgi yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 60 foizga kamaygan. Bu haqda shaharning vitse-gubernatori Igor Potapenko «Sankt-Peterburg» telekanalida o‘tgan jonli efirda ma’lum qildi.
Potapenkoning so‘zlariga ko‘ra, hozirda shahar hududida taxminan 210 ming migrant yashamoqda, ulardan taxminan 21 ming nafari bolalar. Ularning 6 ming nafari bolalar bog‘chalariga boradi, 15 ming nafari esa maktablarda ta’lim oladi.
Vitse-gubernator migrantlar sonining kamayishini huquq-tartibot organlarining nazorat kuchayishi bilan bog‘ladi. 2024-yilda Sankt-Peterburgda huquqbuzarliklar qilgan chet el fuqarolari uchun Rossiyaga kirish taqiqlangan 13 mingdan ortiq qaror qabul qilindi.
Bundan tashqari, ish beruvchilar tomonidan mehnat migrantlarini qonuniylashtirishga bo‘lgan moyillik kuzatilmoqda. «Men umumiy sonning 60 foizga kamayganini aytdim, lekin patent to‘lovlari 6 milliarddan 9 milliard rublgacha o‘sdi», — dedi Potapenko.
2024-yil avgustida Sankt-Peterburg politsiyasi boshqa bir tendensiyani qayd etdi — o‘sha paytda idora shaharda migrantlar sonining sezilarli darajada o‘sishini ma’lum qilgan edi. Yanvar oyidan iyulga qadar, politsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra, Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatiga 404 mingta chet el fuqarosi kirgan, bu esa 2023-yilning shu davriga nisbatan 27 foizga ko‘p.