Maqola

551 29/07/2025

Sankt-Peterburg hukumati mehnat muhojirlariga taalluqli yana bir cheklovchi qaror qabul qildi: 2025-yil 1-oktabrdan boshlab migrantlar patent bo‘yicha ishlasa, taksi sohasida ishlay olmaydi. Tegishli farmonni gubernator Aleksandr Beglov imzoladi.

Hujjatda aytilishicha, taqiq patent tizimi boʻyicha ishlayotgan barcha xorijiy fuqarolarga, yaʼni Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarning katta qismiga taalluqlidir. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 2025-yil boshida Sankt-Peterburgdagi barcha taksi haydovchilarining taxminan 30 foizi migrantlar bo‘lgan.

Rasmiylar o’z qarorlarini «xizmatlarning sifati va xavfsizligini oshirish» va «Rossiya fuqarolari uchun qo’shimcha imkoniyatlar yaratish» bilan izohlagan. Lekin, aslida, sohadan migrantlarni ommaviy ravishda siqib chiqarish ketmoqda.

Cheklov 2025-yil oxirigacha amal qiladi va kompaniyalarga patent asosida ishlayotgan migrantlar bilan shartnomani bekor qilish uchun uch oy muddat beriladi.

Mutaxassislar allaqachon taqiq haydovchilar taqchilligiga, yo‘lkira narxining oshishiga va shaharda murakkab logistikaga olib kelishi haqida ogohlantirmoqda. Ammo rasmiylar bu «vaqtinchalik» ekanligi va go’yoki sohadagi qonuniylikning o’sishi bilan «qoplanishi»ni iddao qilmoqda.

Shunga o’xshash taqiqlar allaqachon boshqa hududlarda ham mavjud. Xususan, Tataristonda 2025-yilning oxirigacha xorijliklarga taksi, xavfsizlik va veterinariya sohalarida ishlash taqiqlangan.

Rossiyada yurish-turish qoidalari, madaniyat, etika

Navigatsiya