Maqola

448 23/02/2025

Sankt-Peterburgda muhojirlarni kuzatish maqsadida «этник идентификация»ni aniqlash imkoniga ega yangi video kuzatuv tizimi joriy etildi. Endi shahar bo‘ylab o‘rnatilgan 8 mingdan ortiq kameralar xorijiy fuqarolar yashaydigan hududlarni aniqlash uchun foydalaniladi.

Biroq mazkur tashabbus Prezident huzuridagi Inson huquqlari kengashi tomonidan ma’qullanmadi. Kengash rahbari Valeriy Fadeyev buni inson qadr-qimmatini tahqirlash deb baholadi.

Sankt-Peterburg shahar hokimiyati huzuridagi Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi rahbari Oleg Kapitanov esa ushbu tizim mahalliy aholiga o‘zini xavfsizroq his qilishga yordam berishi mumkinligini ta’kidladi.

— Rossiyada hatto pasportda millat ko‘rsatilmaydi. Lekin endi qandaydir kameralar insonning millatini aniqlashga urinadi, — deya norozilik bildirdi Fadeyev.

MDH davlatlari instituti direktori o‘rinbosari Aleksandra Dokuchayeva ham bu tashabbusga qarshi fikr bildirdi. U Peterburg hokimiyati qanday qilib, masalan, yakutlar va qozoqlarni ajrata olishi mumkinligini savol ostiga qo‘ydi, deb xabar beradi «Коммерсантъ» gazetasi.

Shu bilan birga, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Markaziy Osiyodan kelayotgan mehnat muhojirlari uchun viza tartibini qat’iylashtirish Rossiyaning uzoq muddatli manfaatlariga mos kelmasligini ma’lum qildi.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya