
Hammollik qilib qo‘shimcha pul ishlab topishga urinish tojikistonlik muhojirga qimmatga tushdi. 25 yoshli fuqaro o‘g‘irlab ketilgan va unga o‘lim bilan tahdid qilingan, deb xabar bermoqda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi.
2020-yil 26-mart kuni Kalinin tumani politsiyasiga migrant murojaat qilgan. U o‘zining bir tanishi bilan hammol bo‘lib ishlashga kelishib olganini va uni Marshal Blyuxer prospektidagi 3-uyda uchrashishga taklif qilganini aytadi.
Erkaklar belgilangan joyda soat 14:30 da uchrashishgan. 18-mart kuni qo‘shimcha pul ishlashga qaror qilgan yigitni mashinada yana uch kishi kutib turgan.
Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, uni avtomashinada Vsevolojsk shahri Yujniy mikrorayonidagi Syentralnaya ko‘chasi 10-uydagi xonadonga olib borishgan. U yerda u kaltaklangan va jismoniy zo‘ravonlik bilan tahdid qilishgan. Shundan so‘ng migrant qo‘yib yuborilgan.
«Hodisa holatlari aniqlanmoqda. Aybdorlarni topish choralari ko‘rildi. Jinoyat ishini qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda», – deb xabar bergan Sankt-Peterburg bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
Avvalroq bezorilar migrantga hujum qilib, uning ko‘ziga gaz sepgani haqida ham xabar berilgan edi.