
Sankt-Peterburgda 23 yoshli muhojir montajchi Dobrolyubov prospektida ishlayotgan vaqtida havoza (“lesa”)dan qulab tushdi. Kompaniya va erkak o’rtasida hech qanday mehnat shartnomasi bo’lmagan.
16-sentabr, seshanba kuni 23 yoshli xorijlik ishchi Dobrolyubov prospektida Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi va Rossiya Oliy sudi sud departamenti binolari qurilishi chog‘ida halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Shimoli-g‘arbiy mintaqalararo davlat mehnat inspektsiyasi matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, montajchi havoza ustida ishlayotgan bo‘lib, to‘satdan 15 metr balandlikdan yiqilib halok bo‘lgan. Bayonotda kompaniya va erkak o’rtasida hech qanday mehnat munosabatlari o’rnatilmagani qayd etilgan.
«Fojianing eng ko’p ehtimoliy sabablari: shaxsiy himoya vositalaridan foydalanmaslik, jamoaviy shaxsiy himoya vositalarining yetishmasligi va balandlikda ishning noto’g’ri tashkil etilishi», degan Shimoli-g’arbiy mintaqalararo davlat mehnat inspektsiyasi boshlig’i o’rinbosari Olga Kazanskaya.
