717 16/09/2025

Sankt-Peterburgning Moskva tumanida navbatdagi profilaktik reyd o‘tkazildi. Ichki ishlar vazirligining viloyat bosh boshqarmasi xabar berishicha, politsiya xodimlari Vitebskiy prospektidagi Sankt-Peterburgdan chiqish va Moskovskie Vorota maydonida navbatchilik qilishgan.

Tezkor xodimlar 300 ga yaqin haydovchini tekshirdi – ulardan 57 nafari xorijlik bo‘lib chiqdi. Ulardan to‘rt nafarining hujjatlarida xatolik bo‘lgan va rus tilini yaxshi tushunmagan. Ular bo‘limga olib borilib, javobgarlikka tortildi. Muhojirlar mamlakatdan deportatsiya qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, politsiya 20 dan ortiq yo‘l harakati qoidalarini buzish, jumladan, hujjatsiz harakatlanish, avtomobil konstruksiyasiini ruxsatsiz o‘zgartirish va svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanish holatlarini aniqlagan.

 

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya