
Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida migrantlar uchun patent narxi 2026-yildan boshlab oshadi. Bu haqda shahar Zaksobranuye deputati Denis Chetyrbok o’zining Telegram kanalida e’lon qildi. Avvalroq, narx shu yilning sentyabr oyidan boshlab uchdan bir qismga oshirilishi rejalashtirilgan edi.
Deputatning so’zlariga ko’ra, ish ruxsatnomasining oylik narxi hozirgi 6000 o’rniga 8000 rublni tashkil qiladi. Leningrad viloyatida ham patent narxi bir xil bo‘ladi.
Iyul oyida Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko patent narxi 1-sentabrdan boshlab 8000 rublgacha oshishini e’lon qilgan edi. Shuningdek, migrantlar bitta ish ruxsatnomasi bilan ikkita mintaqada – Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida qonuniy ravishda ishlashlari mumkinligi kutilgan edi.
Patent – Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqidan tashqaridagi mamlakatlardan (masalan, Ozarbayjon, Tojikiston, O’zbekiston va Moldova) kelgan muhojirlarga Rossiyada ishlashga ruxsat beruvchi hujjat. Amaldagi qoida: har bir mintaqa uchun bitta patent va bitta kasb. Patentning amal qilish muddati uchun soliq oldindan to’lanishi kerak.
2025-yilda Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida patent narxi oyiga 6000 rublni tashkil etadi. 2026-yildan boshlab narx 8000 rublgacha ko’tariladi.