Мақола

126 20/04/2024

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda sinfdosh yigitlar qiz bolani ko‘pchilik bo‘lib kaltaklaganini, voqea qolgan sinfdoshlar tomonidan xursandchilik bilan kuzatilganini va qizni do‘pposlash davomida “Rossiya ruslar uchun”, “Moskva moskvaliklar uchun” degan hayqiriqlar aytilganini eshitish mumkin.

Qirg‘izistonlik qizni kaltaklashganidan keyin u belidagi jarohat og‘rig‘idan turolmay qolgani videoda aks etgan. Unga hamroh millatdoshi bo‘lgan boshqa qiz bilan ikkisi polda yig‘lab qolgan vaqtda o‘qituvchi ko‘rinish berib, o‘quvchi yigitlarni tartibga keltirishga uringan. O‘qituvchi shunchaki tomoshabin bo‘lgan.

Voqeaga Rossiya Xavfsiz internet ligasi rahbari, siyosatchi Yekaterina Mizulina munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘qituvchining janjal davomida sinfda bo‘lgan va aralashmay kuzatib turgani yuzasidan huquq tartibot organlari xodimlari allaqachon maktabni tekshirishni boshlagan.

Bu Rossiyada millatchilik tufayli migrantlarning bolalari kaltaklangan birinchi holat emas. Avval ham “Сroсus City Hall”dagi teraktdan so‘ng Novosibirsk shahridagi maktablarning birida tojik millatiga mansub maktab o‘quvchisi maktabdoshlari tomonidan kaltaklangani videosi tarqalgan edi. Videoda tojik millatiga mansub bolakay maktab hojatxonasida vaxshiylarcha kaltaklanib, boshini hojatxonaga solishlari bilan tahqirlanganini ko‘rish mumkin. Mazkur voqea Rossiyada jamoatchilikning keskin noroziligini keltirib chiqarmagan edi.

Migrant.uz obunachilari bolalarga e’tiborli bo‘lishni eslatadi. Shu bilan birga Rossiya Konstitutsiyasi bolalarning dini, millati, fuqaroligidan qat’i nazar huquqlar borasida tengligini kafolatlashini ta’kidlab o‘tamiz. Bolalar bilan bog‘liq biror mudxish voqelik ro‘y berganda, albatta huquq-tartibot organlariga murojaat qilish kerak, jismoniy jarohatlarni travmpunktda yozdirib, bolalar huquqini himoya qilish uchun shikoyat bilan murojaat qilish lozim.

Эрининг ўчини боласидан олаётган аёллар

Навигация