
Sankt-Peterburg transport politsiyasi Gorelovo temir yo’l stansiyasi yaqinida yo’lovchi poyezdi urib yuborgan erkakning o’limini tekshirmoqda.
Hodisa 15-dekabr kuni navbatchilik punktiga xabar qilindi. Politsiya ma’lumotlariga ko’ra, poyezd relsdan o’tayotgan erkakni urib yuborgan. Marhum 40 yoshli migrant ekani aytilmoqda.
Shimoli-g’arbiy federal okrug transport politsiyasi erkak piyodalar o’tish joyida relsdan svetoforning qizil chirog‘ida o’tib ketganini aniqladi. Poyezd mashinisti erkakni payqab, signal chalib, favqulodda tormozlarni bosgan, ammo to’qnashuvdan qochib qutula olmagan. Erkak olgan jarohatlaridan voqea joyida vafot etdi.
Tergov olib borilmoqda va hodisaning barcha holatlari aniqlanmoqda.