
Xabarlarda aytilishicha, 3-noyabrdan boshlab xorijiy ishchilarning buyurtmalar olishi cheklanadi.
Migrantlardan shuningdek, foydalangan termosumkalarni kuryer markaziga qaytarish so‘ralmoqda.
11-avgust kuni Sankt-Peterburg gubernatori migrantlarga yil oxirigacha turli transport vositalaridan foydalangan holda oziq-ovqat va boshqa tovarlarni yetkazib berishni taqiqlovchi farmonni imzolagan edi.
Smolniy bu choralarni noqonuniy ish bilan ta’minlashga qarshi kurash, kuryer xizmatlari sifatini yaxshilash va rossiyaliklar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish vositasi deb hisoblamoqda.
Farmon avgust oyida kuchga kirsa-da, biznesga yangi qoidalarga moslashish uchun qo‘shimcha uch oy berilgan edi.
Sankt-Peterburgdagi migrant ishchilarga yil oxirigacha taksi haydash ham taqiqlangan.