Maqola

391 23/01/2026

Sankt-Peterburg politsiyasi xodimlari X5 Retail Group tarkibiga kiruvchi “Perekrestok” chakana savdo tarmog’ining tarqatish markazida reyd o’tkazdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo’yicha bosh boshqarmasi xabar berdi.

Reydning asosiy maqsadi xorijiy fuqarolarning Rossiyada bo’lishi va yashashining qonuniyligini tekshirish, shuningdek, xodimlar va ish beruvchilar tomonidan migratsiya va mehnat qonunchiligining buzilishini aniqlash bo‘lgani aytildi.

Reyd davomida politsiya 200 kishini tekshirdi, ulardan 66 nafari xorijiy fuqarolar edi. Ularning barchasi qo’shimcha hujjatlarni tekshirish uchun mahalliy politsiya bo’limlariga olib ketildi.

Tekshiruvdan so’ng 37 nafar xorijiy fuqaro migratsiya qonunchiligini buzgani aniqlandi. Ularga qonunchilikka muvofiq choralar ko’rilmoqda.

 

Rossiya: quvilgan migrantlar, do‘stini qutqargan yigit, layk uchun jarima

Navigatsiya