Maqola

193 08/10/2025

22-28 sentyabr kunlari Saratov viloyatida oʻtkazilgan bir qator reydlarda 348 ta migratsiya qonunchiligi buzilishi aniqlangan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Operativ xodimlar yirik qurilish obyektlari, logistika markazlari, kafe va ko‘ngilochar maskanlar, shuningdek, migrantlar turar joylarini ko‘zdan kechirdi.

Tekshiruvlar natijasida 80 nafar xorijlik Rossiyadan chiqarib yuborildi. Yana 41 nafar kishiga 5 yildan 10 yilgacha Rossiyaga kirish taqiqlangan. Xorijliklarni soxta ro‘yxatga olgan mulk egalariga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 322.2 va 322.3-moddalari (soxta ro‘yxatga olish) bo‘yicha 11 ta jinoiy ish ochildi.

Yo‘l-patrul xizmati xodimlari xorijliklarni olib ketayotgan 31 ta avtomashinani qo‘lga oldi. Shuningdek, migrantlar tomonidan 21 ta yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlari aniqlangan.

Mehnat kodeksini buzgan 16 nafar muhojirga, ularni ish bilan taʼminlagan 17 nafar ish beruvchiga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllanildi.

Qozog‘iston bilan davlat chegarasida ham reydlar faol o‘tkazilib, 96 ta qoidabuzarlik aniqlangan.

 

«Amina» dasturi, registratsiya, reyestr, patent, «zapret» va «vidvoreniye» haqida suhbat

Navigatsiya