200 09/07/2026

Politsiyachilar Sergiyev Posad shahar okrugidagi sanoat korxonalari, qurilish maydonchalari va chet el fuqarolari yashash joylarida tekshiruv oʻtkazdi.

Ushbu reyddan keyin Rossiyadan 90 dan ziyod migrant chiqarib yuboriladi. «Nelegal-2026» nomli operatsiya davomida Migratsiya qoidalarini buzgan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining 92 fuqarosi ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda RF IIV viloyat bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qoidabuzarlarga nisbatan 92 ma’muriy bayonnoma tuzildi. Ulardan 77 bayonnoma qaydga turish muddatlarini buzish va boʻlish muddatidan oshirib yuborish uchun RF MJtKning 18.8-moddasi boʻyicha rasmiylashtirildi. Yana 9 bayonnoma noqonuniy mehnat faoliyati uchun tuzildi. Yana 6 bayonnoma migratsiya hisobiga turishda soxta ma’lumotlar taqdim etganlik uchun rasmiylashtirildi. Har bir qoidabuzarga 5 ming rubl miqdorida jarima solindi. Shundan soʻng ularning barchasini mustaqil ravishda Rossiya hududidan chiqib ketishi kutilmoqda.

Politsiyachilar chet elliklarga qonunni buzishda yordam bergan shaxslarni ham jazoladi. Muhojirlarni ishga noqonuniy jalb qilgan 8 mansabdor shaxs va ish beruvchiga nisbatan  ma’muriy materiallar toʻplandi. Bundan tashqari, politsiya xodimlari xorijlik bir shaxsni qoʻlga oldi. Erkak 4 migrant uchun noqonuniy boʻlishni tashkillashtirgan. Shuningdek, chet elliklarni soxta ravishda hisobga qoʻyganlik uchun 3 mahalliy ayol jinoiy javobgarlikka tortildi. Ushbu ishlarning barcha figurantlari uchun tilxat orqali hech qayerga ketmaslik tarzidagi ehtiyot chorasi tanlandi.

«Putin uchun o‘lish»: Markaziy Osiyoliklarning Rossiya armiyasidagi fojiasi

Navigatsiya