78.ru ma’lumotlariga ko‘ra, u bir oydan beri og‘ir kasal bo‘lgan, ammo ota-onasi shifoxonaga murojaat qilishdan qo‘rqishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bolaning ota-onasi noqonuniy muhojirlar sifatida yashab kelgan. Homilador ayol 2023-yil may oyida Peterburgga kelgan va iyul oyida o‘g‘il ko‘rgan. Ammo u Rossiyada noqonuniy ravishda bo‘lgani sababli, bolasi uchun tug‘ilganlik haqida guvohnoma ololmagan.
Taxminan bir oy avval bolaning ahvoli yomonlashgan: uning harorati deyarli doim yuqori bo‘lgan, ko‘pincha ko‘ngli aynib, qusish holatlari kuzatilgan. Ona shifokorlarga murojaat qilishdan qo‘rqib, farzandini o‘zi davolashga uringan.
Kecha tongda chaqaloq nafas olmayotganidan so‘ng ayol jiyanidan tez yordam chaqirishni so‘ragan.Afsuski, shifokorlar bolaning vafot etganini tasdiqlashgan.
Ayol tergov qo‘mitasiga olib ketildi, bolaning jasadi morgga yuborildi.