
Shvetsiya ishlash uchun kelganlar uchun qoidalarni soddalashtirmoqchi, ammo qochqinlar va fuqarolikni olishni xohlovchilar uchun shartlarni kuchaytiriladi. O‘zgartirishlar 2026-yil 21-maydan kuchga kirishi mumkin. Bu haqda mamlakat rasmiylari ma’lum qildi.
Mehnat muhojirlari uchun nima o‘zgaradi?
Shvetsiya chet eldan ko‘proq malakali ishchilarni jalb qilmoqchi. Shuning uchun hukumat quyidagi o‘zgarishlarni taklif qildi:
Ish vizasi endi bitta ish bilan bog‘lanmaydi. Hozir agar biror kishi ish beruvchini yoki lavozimini o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, u hujjatlarni qayta topshirishi kerak bo‘ladi. Yangi qoidalarga ko‘ra, bu haqda migratsiya organlarini xabardor qilish kifoya.
Birinchi ish ruxsatnomasi birdaniga ikki yilga beriladi. Hozirgi paytda esa u faqat olti oyga beriladi. Bu muhojirlar hayotini yanada barqaror qiladi va qog‘ozbozlikni kamaytiradi.
Agar migrant ishdan bo‘shatilsa, unga yangi ish topish uchun olti oy vaqt beriladi. Hozir bu muddat uch oy. Ammo bu qoida faqat Shvetsiyada ikki yildan ortiq yashaganlar uchun amal qiladi.
Ish beruvchilarga hujjatlarni rasmiylashtirish uchun xodimlardan pul undirish taqiqlanadi. Barcha xarajatlar ish beruvchi tomonidan to‘lanishi kerak.
Hujjatlar to‘liq taqdim etilgan taqdirda arizani ko‘rib chiqish muddati 120 kundan 90 kungacha qisqartiriladi.
Bu chora-tadbirlarning barchasi mehnat muhojirlari hayotini osonlashtirishga yordam beradi va Shvetsiyani malakali mutaxassislar uchun yanada jozibador qiladi.